top of page

UEnter YeTTB ko'magida tashkil qilingan mentorlik bo‘yicha onlayn treningda qatnashishga taklif qiladi

Dastur biznes-mentorlik asoslari, individual yo‘l xaritasini ishlab chiqish, rivojlanish jarayonini o‘lchash, turli masalalar bilan ishlash hamda samarali mentorlik uchun zarur bo‘lgan asosiy soft ko‘nikmalarni qamrab olgan 5 ta amaliy moduldan iborat.


Dastur kimlar uchun?

- tadbirkorlar va biznes amaliyotchilar;

- ekspertlar va maslahatchilar;

- professional biznes-mentor bo‘lishni istaganlar uchun.


Trening yakunida ishtirokchilar MicroMentor platformasi tomonidan YTTB ko‘magida mentorlik bo‘yicha master-klassni muvaffaqiyatli tamomlaganlik haqida xalqaro namunadagi sertifikatga ega bo‘ladilar.


Trening formati: onlayn


Qo‘shiling va biznes-mentorlarning global hamjamiyatiga a’zo bo‘ling: https://ebrd.micromentor.org/trainings

 
 
 

Comments


bottom of page