UEnter Green Start yashil startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturining Demo Day tadbiriga taklif etadi
- 2 days ago
- 1 min read
Dastur doirasida mamlakat bo‘ylab jami 119 ta ariza kelib tushdi. Saralash natijalariga ko‘ra, 34 ta startap onlayn va oflayn tadbirlar, mentorlik ko‘magi hamda loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha intensiv ishlash jarayonlarini o‘z ichiga olgan akseleratsiya dasturiga qabul qilindi.
Demo Day davomida 12 ta eng yaxshi jamoa o‘z startaplarini innovatsiyalar va investitsiyalar sohasidagi xalqaro hamda mahalliy ekspertlardan iborat hakamlar hay’atiga taqdim etadi.
🏆 Eng yaxshi startaplar Germaniyada o‘tkaziladigan o'quv dasturida ishtirok etish yo‘llanmasiga hamda hamkor fondlardan investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Barcha qiziquvchi startap hamjamiyati va biznes vakillarini tadbirda ishtirok etishga taklif qilamiz.
📌 Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish
🗓 Sana: 25-iyun
⏱️ Vaqt: 17:00
📍 Manzil: UEnter



Comments