top of page

Makerspace

Innovatsion mahsulotlar (MVP) prototiplarini loyihalash hamda yoshlar orasida IT ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida UEnter markazida raqamli ishlab chiqarish xizmatlarining to‘liq spektrini taqdim etuvchi Meykerspeys tashkil etilgan.

Meykerspeys laboratoriyalari 3D printerlar, 3D skanerlar, 3D ruchkalar, lazer ploterlari, vinil printerlar, lazer gravirovkachilar, shuningdek, turli dizayn dasturlari va boshqa yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan.

Meykerspeys startaplar, muhandislar va dizaynerlarga prototiplarni tezkor yaratish, bosqichma-bosqich takomillashtirish va o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish imkonini beradi.

Meykerspeys K-Lab Uzbekistan loyihasi doirasida NIPA ko‘magida tashkil etilgan.

bottom of page