top of page

UEnter va Tashkent International University tomonidan talabalar uchun seminar o‘tkazildi.

UEnter va Tashkent International University hamkorligi doirasida “Startapni noldan qanday boshlash mumkin” mavzusida amaliyotga yo‘naltirilgan seminar bo‘lib o‘tdi.


UEnter Innovatsion markazi direktori o‘rinbosari Ilhom Aliev spiker sifatida chiqish qildi va talabalarga tadbirkorlik yo‘li qayerdan boshlanishini, g‘oyani qanday shakllantirish, jamoani tuzish, shuningdek, ilk sarmoyalarni jalb etish usullari haqida gapirib berdi. Seminarda, shuningdek, hayotiy keyslar, boshlang'ich faunderlar yo‘l qo‘yadigan xatolar, hamda g‘oyadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan yo‘lni qisqartirishga yordam beradigan tavsiyalarga alohida e’tibor qaratildi.



 
 
 

Comments


bottom of page