top of page

UEnter USolve startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturiga arizalar qabulini e’lon qiladi

UEnter USolve startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturiga arizalar qabulini e’lon qiladi


USolve — O‘zbekistonda IT va inklyuziv tadbirkorlik sohasidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dastur bo‘lib, g‘oyalarni rivojlantirish, MVP yaratish va jamoalarni investitsiya jalb qilishga tayyorlashni maqsad qiladi.


Dastur qanday o‘tadi?

- Arizalarni saralash va dastlabki skrining

- 100 ta jamoa ishtirokida g‘oyalar va MVP’larni takomillashtirishga qaratilgan xakaton

- Inkubatsiya bosqichiga o‘tish uchun pitch-sessiya va saralash

- Saralangan 50 ta startap jamoa uchun 1 oylik inkubatsiya dasturi

- Venchur investorlar va hamkorlar ishtirokida Demo Day


Eng yaxshi 10 ta startap 2026-yil iyun oyida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan mintaqadagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri — GITEX 2026’da ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.


Dastur formati

Dastur gibrid formatda — onlayn va oflayn faoliyatlarni uyg‘unlashtirgan holda o‘tkaziladi va bu O‘zbekistonning turli hududlaridan bo‘lgan ishtirokchilarga dastur bosqichlarida to‘liq qatnashish imkonini beradi.


Arizalarni topshirish muddati - 2026-yil 31-yanvar


Havola orqali ariza topshirish mumkin:  https://forms.gle/akcwdL5dMbWjA9eg8


Ushbu loyiha Buyuk Britaniya hukumatining Xalqaro taraqqiyot mablag’I hisobidan “Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyoda inklyuziv yashil rivojlanish dasturi” doirasida moliyalashtirilgan. Bu loyihada bildirilgan fikrlar Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy siyosatini aks ettirmaydi. 

 
 
 

Comments


bottom of page