top of page

UEnter U-Solve startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturi Demo Day tadbiriga taklif etadi.

  • 2 hours ago
  • 1 min read

Dasturda ishtirok etish uchun 275 ta ariza kelib tushdi. Saralash natijalariga ko‘ra 100 ta startap xakatonda ishtirok etdi, ulardan 50 tasi inkubatsiya dasturiga yo‘l oldi.


Demo Day davomida 20 nafar final bosqichi ishtirokchisi o‘z loyihalarini venchur fondlari vakillariga taqdim etadi, 10 ta eng yaxshi jamoa esa 2026-yil 4–5-may kunlari Olmaota shahrida bo‘lib o‘tadigan GITEX 2026 (https://www.gitexcac.com/) - yirik texnologik ko‘rgazmada ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.


Tadbirda ishtirok etishni istaganlar havola (https://forms.gle/DDv1XZJdspuRupAD6) orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.


🗓 Sana: 18-mart 2026-yil

⏱️ Vaqt: 16:00

📍 Manzil: UEnter


Ushbu loyiha Buyuk Britaniya hukumatining Xalqaro taraqqiyot mablag’I hisobidan “Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyoda inklyuziv yashil rivojlanish dasturi” doirasida moliyalashtirilgan. Bu loyihada bildirilgan fikrlar Buyuk Britaniya hukumatining rasmiy siyosatini aks ettirmaydi. 

 
 
 

Comments


bottom of page