UEnter startaplarni GITEX Central Asia & Caucasus ko‘rgazmasida ishtirok etishga ariza topshirishga taklif qiladi
- 1 day ago
- 1 min read
2026-yil 4–5-may kunlari Olmaota shahrida sun’iy intellekt sohasiga bag‘ishlangan Markaziy Osiyodagi eng yirik innovatsion ko'rgazmalardan biri bo‘lib o‘tadi va unda mintaqaning texnologik industriya yetakchilari jam bo‘ladi.
Har yili GITEX GLOBAL o‘z ko‘rgazmalarida jami 450 mingdan ortiq industriya yetakchilari, 120 mingdan ortiq ishtirokchi, 2,5 mingdan ortiq startap hamda 190+ mamlakatdan mehmonlarni birlashtiradi.
Startaplar uchun ko‘rgazmada ishtirok etish nima beradi:
- Founder–investor va founder–corporate uchrashuvlarini samarali o'tkazish uchun optimallashtirilgan Startup Pod formatidagi ko‘rgazma joyi (2/4 kv.m);
- Investorlar bilan uchrashuvlar dasturiga kiritilish;
- Startap-pitch musobaqasida ishtirok etish imkoniyati.
UEnter ham startaplar delegatsiyasi bilan ko‘rgazmada ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
📅 Sana: 4–5-may
📍 Manzil: Olmaota, Atakent IEC
☑️ Ro‘yxatdan o‘tish ochiq!
ℹ️ Ko‘rgazma va ishtirok shartlari haqida batafsil bilib olish.




Comments