top of page

UEnter'da Silikon vodiysidagi Silkroad Angels Club ishtirokida angel va venchur investitsiyalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tadi.

Tadbir IT Park Ventures, UEnter va IT Park Uzbekistan bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.


Seminar angel va venchur investitsiya sohasidagi bilimlarini kengaytirish, shuningdek, Silikon vodiysining eksklyuziv bitimlariga kirishga intilayotgan tadbirkorlar, investorlar, biznes angellar va asoschilar uchun foydali bo'ladi.


🎤 Spikerlar:


Asset Abdualiyev - Silikon vodiysidagi Silkroad Innovation Hub va Silkroad Angels Club bosh direktori va asoschisi. Investor, lider, innovatsiyalar bo‘yicha ekspert.


Abay Absamet - Silkroad Angels Club boshqaruvchi hamkori. Investitsiyalar, venchur kapital va startap ekotizimlari bo‘yicha mutaxassis.


Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Arizalar ishtirokchilarning qiziqishlari va tajribasi asosida tanlab olinadi. Takliflar tanlovdan so‘ng individual tarzda yuboriladi.


Havola orqali dastur bilan tanishishingiz va ariza yuborishingiz mumkin.


🗓 Sana: 11-fevral

🕐Vaqt: 16:30

📍Manzil: UEnter


Comments


bottom of page