Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti (UNIDO) ushbu orqali Sizni “O‘zbekistonda eko-sanoat parklarini joriy etish” loyihasi doirasida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yozma taklif kiritish uchun qabul boshlanganligini ma’lum qiladi.
Pudratchi Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan tajriba sanoat zonalaridan (“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi (“Urgut” EIZ) va “Mexanik” kichik sanoat zonasi (“Mexanik” KSZ)), tanlab olingan kamida 20 ta kompaniyalarda Resurs samaradorligi va toza ishlab chiqarishni (RECP) baholashni o‘tkazish uchun kamida 20 nafar ekspert salohiyatini oshirishishlariga mas’ul bo‘ladi.
UNIDO 30 ta kompaniyaning ro'yxatini, ularning asosiy maqsadi kamida 20 tasini RECP baholashini 6 oy ichida yakunlash sharti bilan taqdim etadi. Shuningdek UNIDO tomonidan, pudratchi bilan bog’liq xolda ishlash uchun, hamda nazariy qism (12 ta o'quv mavzusi) va amaliy qismdan (20 ta kompaniyaning RECP baholashi) tashkil topgan UNIDO boshchiligidagi o'quv dasturida ishtirok etish uchun 20 nafar tinglovchi tanlab olingan.
Tender taklifi va barcha tegishli yozishmalar ingliz tilida yuritiladi.
Batafsil taklif elektron xaridlar portali orqali 2024-yil 15-iyul, Markaziy Yevropa vaqti (CET) bilan 16:00:00 gacha yuborilishi kerak.
UNIDO tenderlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havoladan foydalanish lozim: https://procurement.unido.org/.
Agar taklifingizni yaratish/yuborishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, iltimos, qo'llab-quvvatlash guruhimiz bilan quyidagilar orqali bog'laning: tel.: +43 1 260 26 4608 // e-mail: procurement@unido.org.
“O‘zbekistonda eko-sanoat parklarini (EIP) joriy etish” loyihasi haqida ma’lumot olish uchun, UNIDO milliy koordinatori Oleg Rijichenko bilan o.rijichenko@unido.orgelektron manzili orqali murojaat qiling.
Comments