StartupBlink global startap ekotizimining joriy holati, shuningdek, startap ekotizimi reytingi eng yuqori bo‘lgan 100 ta davlatning asosiy rivojlanish tendentsiyalari bo‘yicha tahlil natijalarini e’lon qildi.
Eng rivojlangan startap ekotizimlari reytingida AQSh birinchi o'rinni egallashda davom etmoqda. Qayd etilishicha, mablag‘ jalb qilayotgan barcha startaplarning 50%i Shimoliy Amerika ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
Startaplar uchun eng yirik sektor hali ham “Software & Data” boʻlib, unga butun dunyo boʻylab startaplarning 32%i to'g'ri kelmoqda. Shuningdek, HealthTech (12,83%) va FinTech (10,43%) sohalari ko'plab startaplarni qamrab olgan.
Shu bilan birga, global startaplarni moliyalashtirish 2021-yilda rekord darajaga ($624 mlrd) ko'tarilgandan so'ng 2022-yil yakuniga ko'ra ushbu ko'rsatkich 30%dan ko‘proqqa kamaydi ($431 mlrd).
Bundan tashqari, so'nggi yillarda "yunikornlar" sonining o'sishida sekinlashish kuzatildi. 2020-2021 yillarda "yunikornlar" soni 80%ga o'sgan bo'lsa, o'tgan yil davomida ushbu ko'rsatkich 8,5%gacha kamaydi.
Tahlil natijalari bilan batafsil shu yerda tanishish mumkin.

תגובות