“NFS Innovation Corps” (I-Corps) dasturi 2011-yilda AQSh Milliy Ilmiy Jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan va AQSh hamda butun dunyoda startaplar akseleratsiyasi bo‘yicha eng samarali dasturlardan biri sifatida tan olingan.
“I-Corps” dasturi ishga tushirilgandan beri unda 2500 dan ortiq jamoalar ishtirok etishdi. Ushbu jamoalarning yarmidan ko‘pi (taxminan 1400 ga yaqin) o‘zstartap loyihalarini muvaffaqiyatli boshladilar, shuningdek, umumiy hisobda keyingi moliyalashtirish uchun 3,16 milliard dollar jalb qildilar.
"I-Corps" – startap loyihalarni tijoratlashtirishni akseleratsiya qilish va bundan iqtisodiy hamda ijtimoiy foyda olish imkonini beruvchi 7 haftalik intensiv dastur hisoblanadi.
Xalqaro miqyosda muvaffaqiyatli dastur sifatida tan olingan “I-Corps”, shuningdek, quyidagi 3 ta muhim milliy vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilgan:
1) tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish;
2) ilg‘or texnologiyalarni bozorga olib chiqish va ijobiy iqtisodiy samarani ta’minlash;
3) innovatsion ekotizimni rivojlantirish.
Comments