Dasturlash bo‘yicha bepul onlayn kurslarga arizalar qabulini e'lon qilamiz.
- info7347922

- 1 day ago
- 1 min read
Dasturlash bo‘yicha bepul onlayn kurslarga arizalar qabulini e'lon qilamiz.
Kurslar IT sohasidagi eng talabgir yo‘nalishlarni qamrab oladi.
1️⃣ C++ OpenCV kursi: Kompyuter ko‘rish algoritmlari kutubxonasi - OpenCV bilan ishlash bo‘yicha amaliy o‘quv dasturi, mashinaviy o‘rganishni (machine learning) qo'llagan holda tasvir va video bilan ishlash.
2️⃣ Backend kursi: Django va Flask bilan ishlash asoslarini, veb-autentifikatsiyani o'rganish, kurs yakunida o‘zingiz tanlagan loyihani - onlayn blog, task-menejer yoki internet-do‘kon yaratish.
3️⃣ Javascript Frameworks kursi: JavaScript freymvorklari bilan ishlash asoslarini o'qitish: kod yozishdan ishga tushirish va testdan o‘tkazishgacha.
Havola orqali kursni tanlash va ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
📍 Format: Onlayn (havola ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarga yuboriladi)
📅 Sana: 24-noyabr – 5-dekabr
🌐 Til: o‘zbek tili
Kurslar “KLab Uzbekistan” loyihasi doirasida tashkil etiladi.



Comments