UEnter’da Yevropa Ittifoqi ko‘magida YeTTB bilan hamkorlikda tashkil etilgan Business Mentoring Forum bo‘lib o‘tdi
- Jul 6
- 1 min read
Forum mentorlar, ekspertlar, kouchlar, tadbirkorlar, shuningdek, xalqaro va mahalliy tashkilotlar vakillarini birlashtirdi.
Alohida taqdimot bilan UEnter tomonidan operatorlik qilinayotgan MicroMentor platformasining O‘zbekistondagi faoliyati natijalari taqdim etildi.
O‘zining kirish nutqida YeTTB kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Matteo Kolanjeli MicroMentor platformasi O‘zbekistonda sezilarli natijalarni ko‘rsatayotganini ta’kidlab, platformaga mamlakatning barcha hududlaridan 1,000 nafardan ortiq tadbirkor va 500 nafar mentor qo‘shilganligini, bu esa yuzlab samarali biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotganligini aytib o'tdi.
Forum doirasida mentorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan panel muhokamalari ham tashkil etilib, tadbir yakunida esa MicroMentor platformasining eng faol ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
MicroMentor platformasiga qo‘shilish, mentor topish yoki mentor sifatida o‘z tajribangiz bilan ulashish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
😊 Tadbir qanday o‘tganligini YouTube orqali tomosha qilish











