UEnter Uzum ekotizimidagi tadqiqotlar bo'yicha yetakchi mutaxassis Ruslanbek Rahmonov bilan meetup'ga taklif qiladi.
- info7347922

- Jul 14
- 1 min read
Ruslanbek Rahmonov tahlil va mijozlar tadqiqotlari sohasida 5 yillik tajribaga ega. Uzum ekotizimida u “Voice of Customer” — ya’ni “mijoz ovozi” yondashuvini joriy etish uchun mas’ul.
Uchrashuv davomida Ruslanbek o‘zining professional tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, Voice of Customer metodologiyasi nima ekanligini, Uzum’da qanday qo‘llanilishini va biznesga qanday real foyda keltirishini tushuntirib beradi.
Tadbirda ishtirok etish mahsulot, marketing va tahlil sohasidagi mutaxassislar, startaplar, IT kompaniyalari, shuningdek, o'z mijozini chuqurroq tushunishga intilayotganlar uchun foydali bo‘ladi.
Ishtirok etish istagida bo'lganlardan havola orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi (kirish bepul): https://forms.gle/D2GYK58fFTLzXUo98
🗓 Sana: 2025-yil 17-iyul
⏱️ Vaqt: 18:30
🌐 Til: o‘zbek
📍 Manzil: UEnter



Comments