top of page

UEnter startaplar va investorlarni IT Park Ventures x DOMiNO Ventures ishtirokidagi maxsus uchrashuvga taklif qiladi.

DOMiNO Ventures – Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yuqori texnologiyali, raqamli va global miqyosda kengayish salohiyatiga ega startaplarga faol investitsiya kiritayotgan Niderlandiya venchur kapital fondi hisoblanadi. Fond global miqyosda faoliyat yuritib, Amsterdam, Istanbul, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Estoniya, Polsha va Gruziyada o‘z ofislariga ega.


Ishtirokchilarni quyidagilar kutadi:

🔘 DOMiNO Ventures investitsiya strategiyasi va o‘zbek startaplari uchun imkoniyatlar.

🔘 Muvaffaqiyatli mablag‘ yig‘ish va investorlarning kutilmalari.

🔘 DOMiNO Ventures tomonidan moliyalashtirilgan o‘zbek startapi 'Point AI' tajribasi.

🔘 Venchur kapitali tendensiyalari bo‘yicha soha ekspertlari bilan savol-javob sessiyasi.

🔘 Investorlar, asoschilar va ekotizim yetakchilari bilan netvorking imkoniyati.


🗓 Sana: 2025-yil 19-fevral

🕐 Vaqt: 16:30

📍 Manzil: IT Park Tashkent


Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan.


Tadbir uchun ro'yxatdan o'tish.


Uchrashuv IT Park Uzbekistan, IT Park Ventures, UEnter va DOMiNO Ventures bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.



Comments


bottom of page