UEnter’da “Yashab qolmaydigan AI-startaplar” mavzusida Open Talks bo‘lib o‘tadi
- 3 hours ago
- 1 min read
MA7 Ventures nimaga investitsiya qilayotgani va nima sababdan Markaziy Osiyodagi aksariyat AI-startaplar 2027-yilgacha yetib bora olmasligi haqida Murat Abdraxmanov va Yeljan Kushekbayev bilan ochiq suhbat.
Murat 10 yil davomida 60+ startaplarga $25 mln investitsiya kiritgan, 14 ta exit amalga oshirgan hamda Qozog‘istondagi ilk unicorn - Higgsfield AI’ning erta bosqichdagi investorlaridan biri hisoblanadi.
Yeljan, MA7 Angels Club CEOsi, bo‘lib, 90+ startaplarga investitsiya qilgan.
Dasturda:
• MA7 portfelidagi real investitsion keyslar tahlili
• Nima uchun “LLM ustidagi oddiy wrapper”lar endi ishlamayapti
• O‘zbekistonlik founder $300K–$1M chek olishi uchun nima qilishi kerak
• Savol-javob sessiyasi
• Netvorking
Tadbirda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: https://luma.com/yevkopso
🗓Sana: 19-may
⏱️Vaqt: 14:00
📍Joy: UEnter



Comments