UEnter’da Texnologik tayyorgarlik darajasini (TRL) baholash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
- info7347922

- 2 days ago
- 1 min read
📈 UEnter Jahon bankining MUNIS loyihasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilmiy, innovatsion va startap loyihalar uchun texnologik tayyorgarlik darajasini (Technology Readiness Level, TRL) baholashning moslashuvchan metodologiyasini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirmoqda.
TRL (Technology Readiness Level) — texnologiyaning g‘oyadan tortib real amaliyotga joriy etilishigacha bo‘lgan bosqichdagi yetuklik darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladigan, xalqaro miqyosda tan olingan baholash shkalasidir.
💬 Davra suhbati doirasida tegishli davlat organlari va tashkilotlar vakillari TRL yondashuvining amaliy qo‘llanilishi masalalarini muhokama qilindi, jumladan, ushbu metodologiyadan loyihalarni baholash, monitoring qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarida foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.















Comments