🚀 UEnter’da SAGE dasturi ishga tushiriladi.
- 1 day ago
- 1 min read
15-aprel kuni UEnter’da tadbirkorlar va startaplar uchun yangi dastur — SAGE ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi.
SAGE dasturi kreativ industriya (dizayn, tekstil, hunarmandchilik) hamda yashil iqtisodiyot yo‘nalishlarida loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Ishtirokchilarni quyidagilar kutmoqda:
- tizimli o‘sish uchun inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari
- tajribali mentorlar va ekspertlar bilan ishlash
- biznesni rivojlantirish uchun amaliy bilim va vositalar
- yangi bozorlarga chiqish va kengayish imkoniyatlari
✈️ Eng yaxshi loyihalar Germaniya, Finlyandiya va boshqa yetakchi davlatlarda xalqaro stajirovkalarni o‘tash hamda global maydonlarda o‘zlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
SAGE dasturi haqida batafsil ma’lumot olish, savollar berish va O‘zbekistonda kreativ hamda yashil iqtisodiyotning yangi bosqichiga qo‘shilish uchun tadbirga tashrif buyuring.
Dastur bilan tanishish: https://drive.google.com/file/d/1p8-vcAU6ey3bebcHIDaKaa1ZUPGPvPyC/view?usp=sharing
Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/DAQjR7nWLmUhAaa37
🗓 Sana: 2026-yil 15-aprel
⏱️ Vaqt: 10:30
📍 Manzil: UEnter (https://maps.app.goo.gl/9y2RoexyZ8mWsyHW8)
Dastur Shveysariya hukumati ko‘magida amalga oshirilmoqda.



Comments