Kurs Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan UNIDO bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda yashil sanoatlashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Trening ishtirokchilarning resurslardan foydalanishni optimallashtirish va ishlab chiqarish jarayonlarida atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish usullari bo'yicha bilimlarini kengaytirishga qaratilgan.
Treningning nazariy qismi yakunida ishtirokchilar “Zelal Tekstil” sanoat korxonasiga tashrif buyurishdi va u yerda ishlab chiqarish jarayonlarini resurslardan samarali foydalanish va toza ishlab chiqarish nuqtai nazaridan takomillashtirishda UNIDO yondashuvlarini amalda qo‘llash namunalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.







Comments