top of page

UEnter’da O‘zbekistondagi eng muvaffaqiyatli startaplardan biri Azizbek Qurbonov bilan meetup bo‘lib o‘tadi.


Mamlakatdagi InsurTech sohasidagi yetakchi startap – Sug‘urta Bozor asoschilaridan biri Azizbek Qurbonov $250 ming investitsiya jalb etishga muvaffaq bo’lgan, shuningdek, Markaziy Osiyodagi startaplar o‘rtasida o‘tkazilgan bir qancha musobaqalar g‘olibi hisoblanadi.


Uchrashuv davomida Azizbek startapni muvaffaqiyatli boshlash va yuritishning asosiy jihatlari, venchur investitsiyalar va grantlarni jalb qilish xususiyatlari, muvaffaqiyatga erishish yo‘lida ko‘plab startaplar duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish strategiyalari haqida gapirib beradi.


Tadbirda ishtirok etish startaplar uchun ham, tajribali tadbirkorlar uchun ham foydali bo‘ladi.


Ishtirok etish istagida bo'lganlardan havola orqali ro'yxatdan o'tishlari so'raladi (kirish bepul).


🗓 Sana: 2024-yil 4-oktabr

Vaqt: 17:00

🌐 Til: o‘zbek (rus)

📍 Manzil: UEnter


Comments


bottom of page