top of page

UEnter'da GameDev industriyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi

UEnter'da GameDev industriyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tadi.


Tadbir davomida mamlakatdagi dasturchilar va o‘yin studiyalari o‘rtasida o‘tkazilgan keng qamrovli tadqiqot natijalari taqdim etiladi.


GameDev Survey 2025 tadqiqoti ushbu segmentning rivojlanish salohiyatini, mahalliy o‘yin ishlab chiquvchilar hamjamiyatini, asosiy to‘siqlar va ehtiyojlarni, moliyalashtirish manbalarini, kadrlar bozorini hamda GameDev ekotizimining boshqa muhim jihatlarini o‘z ichiga oladi.


Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekistondagi o‘yin industriyasining joriy holati, o‘sish istiqbollari va tarmoq duch kelayotgan asosiy chaqiriqlarni muhokama qiladilar.


Dastur bilan tanishish



📅 Sana: 18-dekabr

⏰ Vaqt: 16:00

📍 Manzil: UEnter

 
 
 

Comments


bottom of page