Dastur O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonlik ishtirokchilar uchun tashkil etildi.
Trening Koreya Respublikasining sertifikatga ega mutaxassislari tomonidan olib borildi va startaplarning g‘oyadan boshlab minimal hayotiy mahsulot (MVP) yaratish bosqichigacha rivojlanishiga yordam beruvchi samarali inkubatsiya dasturini tashkil qilish jarayonini o‘rganishga qaratilgan.
Uch kunlik intensiv jamoaviy ish davomida ishtirokchilar strategik rejalashtirish, bozorni o‘rganish, iste’molchilar talabini tahlil qilish va g‘oyalarni validatsiya qilish usullarining asosiy jihatlarini o‘rgandilar.
Taqdimotlar bilan tanishish.
Trening USAIDning tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish bo'yicha loyihasi hamda KOICA Agentligi ko‘magida tashkil etildi.
Comments