top of page

U-ENTER — muhandislik iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida!

U-ENTER jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha Respublika tanlovining «Eng yaxshi g‘oya», «Eng yaxshi loyiha» va «Eng yaxshi ixtiro» nominatsiyalarida talaba, o‘qituvchi va amaliyotdagi muhandislar o‘rtasida finalistlarni saralash bosqichida ishtirok etdi.

1200 dan ortiq ariza orasidan tanlovning final bosqichiga yo‘l olgan 135 ta eng yaxshi loyiha tanlab olindi.

🎁 Mukofot jamg‘armasi:🥇 9 ta BYD Chazor elektromobili — birinchi o‘rin sohiblariga🥈 Chet elda stajirovka — ikkinchi o‘rinni egallaganlarga🥉 Pul mukofotlari — uchinchi o‘rin g‘oliblariga

🎉 G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil avgust oyida bo‘lib o‘tadi.



 
 
 

Comments


bottom of page