top of page

Ma'lumotlar bazasi - Database Basics bo‘yicha bepul kursga taklif qilamiz

Kurs davomida ishtirokchilar ma'lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari bilan tanishadilar va SQL-so‘rovlarini amaliyotda yozishni o‘rganadilar.

Kursni Hospital Information Systems sohasidagi koreyalik ekspert, OezSoft Co. kompaniyasining CTOsi va raqamli sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro IT loyihalar rahbari janob Sunho Ok olib boradi.


📌 Kurs davomida quyidagilarni o‘rganasiz:

  • relyatsion ma'lumotlar bazalarining tuzilishi;

  • kompyuteringizda MySQL o‘rnatish va sozlash;

  • asosiy SQL-buyruqlari;

  • so‘rovlar, funksiyalar, cheklovlar va jadvallar orasidagi bog‘lanishlar bilan ishlash;

  • normallashtirish tushunchasi va ma'lumotlar tuzilmasini to‘g‘ri tashkil etish.


✅ Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan.



🗓 O‘tkazilish muddati: 28-iyuldan – 1-avgustgacha

⏰ Vaqti: 16:00 dan 18:00 gacha

🌐 Til: koreys tilida tarjima bilan

📍 Manzil: UENTER


Kurslar “KLab Uzbekistan” loyihasi doirasida tashkil etiladi.

 
 
 

Comments


bottom of page