O‘zbekistonga tashrif doirasida Koreya Respublikasining Chungcheongnam-do provinsiyasi gubernatori janob Kim Tae-Heum UEnter'ga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif chog'ida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri, TOBB ETU Tashkent universiteti rektori A.Ikramov bilan uchrashuv tashkil etilib, UEnter'ning asosiy hamkor OTMlari hisoblanmish Soonchunhyang (Koreya) va TOBB ETU Tashkent (O‘zbekiston) universitetlari o‘rtasida innovatsion startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, stajirovkalar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ikki davlat talabalari va ilmiy xodimlari uchun almashinuv dasturlarini amalga oshirishni ko'zda tutuvchi hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Comments