top of page

"KLab Uzbekistan" loyihasi menejerlari va instruktorlaridan iborat UEnter delegatsiyasi Koreya Respublikasida amaliyot o‘tamoqda.


Oquv safari davomida ishtirokchilar mahalliy mutaxassislar uchun ta’lim dasturlarini tashkil etish maqsadida Koreyaning yetakchi markazlari negizida IT ekotizimlarini tashkil etish va boshqarish, shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha Koreyaning ilg‘or tajribasini o‘rganmoqda.


Shu bilan birga, delegatsiya Gangnam tumanidagi Karyera va startap markaziga tashrif buyurib, u yerda markaz infratuzilmasi, startaplarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va tashabbuslari bilan tanishdi.


O‘quv safari NIPA ko‘magida tashkil etildi.


Comments


bottom of page