top of page

IT Community Roadshow loyihasi yakunlandi

28-iyul kuni IT Community Roadshow loyihasining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. UEnter ushbu yirik tashabbusda hamkor sifatida ishtirok etdi.

📍7 oy davomida loyiha jamoasi O‘zbekistonning 14 ta hududidagi 19 shaharni aylanib chiqib, 3 500 dan ortiq ishtirokchini qamrab oldi. Har bir tashrif IT mutaxassislari, talaba yoshlar va startaplar uchun bilim, tajriba va ilhom almashish maydoniga aylandi.

🤝 Loyiha tashabbuskoriga — IT Community of Uzbekistan — chuqur minnatdorchilik bildiramiz va startaplar hamda IT mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarda hamkorlikni davom ettirishni kutib qolamiz.



 
 
 

Comments


bottom of page