top of page

InnoWeek 2025 doirasida Green Tech Hackathon muvaffaqiyatli o‘tkazildi!


Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) ko‘magida UEnter'da “yashil” texnologiyalar sohasida yechimlar yaratadigan iqtidorli talabalar va startapchilarni birlashtirgan Green Tech Hackathon bo‘lib o‘tdi.


Uch kun davom etgan qizg‘in jarayonda 10 ta jamoa mahalliy va xalqaro mentorlar yordamida barqaror rivojlanish, ekologiya va energiya samaradorligiga qaratilgan innovatsion loyihalarni ishlab chiqdi.


Ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini hakamlar hay’ati oldida taqdim etdilar. Hakamlar hay’ati tarkibiga quyidagilardan iborat edi:


1. Igor Eremenko — Green Industrialisation Project (Yashil sanoatni rivojlantirish loyihasi) komponenti menejeri / GIZ

2. Bettina Loewentraut-Duran — Renewable Energy for Central Asia (RECA) loyihasi bo‘yicha Markaziy Osiyoda qayta tiklanadigan energiya masalalari bo‘yicha maslahatchi / GIZ

3. Timur Malik Narziqulov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi direktori

4. Oleg Ryjichenko — UEnter direktori

5. Anvar Babakulov — startap, ekspert


Tanlov natijalariga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

🥇 1-o‘rin — Oxy.Art

🥈 2-o‘rin — Ozone Plasma

🥉 3-o‘rin — Eco Briquette


Green Tech Hackathon nafaqat g‘oyalar generatsiyasi maydoni, balki yosh innovatorlar uchun tajriba almashish, networking va ilhom manbai bo‘ldi.


ree
ree
ree
ree
ree
ree
ree

 
 
 

Comments


bottom of page