Koreya axborot texnologiyalarini rivojlantirish agentligi (NIPA) ko‘magida amalga oshirilayotgan xalqaro loyiha doirasida mahalliy mutaxassislar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish maqsadida UEnter dasturiy ta’minot bo‘yicha instruktorlarni ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlab olingan instruktorlar kurslar boshlanishidan oldin:
- loyihaning Koreyalik jamoasi tomonidan tashkil etiladigan onlayn treningda qatnashadi;
- malaka oshirish uchun Koreyaga ikki haftalik amaliyotga yuboriladi.
Mutaxassislik yo'nalishlari:
1) Web: Python, Java, MySQL, HTML/CSS, JavaScript, Servlet/JSP, Spring Framework, AWS va boshqalar.
2) Ochiq kodli kodlarga asoslangan Arduinodan foydalana bilish.
3) 3D laboratoriyani boshqarish bo'yicha dasturiy ta'minotdan foydalana olish.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
- Axborot texnologiyalari sohasida oliy ma'lumot;
- (yoki) o‘qituvchilik tajribasi;
- (yoki) dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bo'yicha kamida 5 yillik tajriba;
- Ingliz tilini bilish tavsiya etiladi.
Qanday qilib ariza topshirish mumkin:
Anketani shu yerdan yuklab oling, toʻldiring va info@u-enter.uz elektron manziliga yuboring.
Hujjatlar 2023-yil 10-oktabrgacha qabul qilinadi.
Bog'lanish uchun telefon raqami: +998-99-888-15-48

ความคิดเห็น