top of page

UEnter hamkorlaridan iborat delegatsiya IT-sanoati va aqlli ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha amaliyot o‘tash uchun Koreya Respublikasiga yetib bordi.

O‘quv safari treninglar bilan boshlandi, unda ishtirokchilar Koreyaning yetakchi kompaniyalari misolida IT-yechimlar, 3D texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalangan holda raqamli ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning zamonaviy usullarini o‘rgandilar.


Delegatsiya Seul shahrida o‘tkazilgan Smart Tech Korea 2024 ko‘rgazmasida ham ishtirok etib, sun’iy intellekt, buyumlari interneti (IoT), robototexnika va boshqa innovatsion texnologiyalar sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan tanishdi.


O‘quv safari Koreya Respublikasining IT-sanoatni rivojlantirish milliy agentligi (NIPA) ko‘magida tashkil etildi.


Kommentare


bottom of page