Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti (UNIDO) ushbu orqali Sizni GIZ bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda eko-sanoat parklarini joriy etish” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi ikkita sanoat zonasida fotoelektrik (PV) tizimlarni o‘rnatish va elektr transformatsiya stansiyalarini takomillashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha yozma taklif kiritish uchun qabul boshlanganligini ma’lum qiladi.
Tender taklifi va barcha tegishli yozishmalar ingliz tilida yuritiladi.
Batafsil taklif elektron xaridlar portali orqali 2024-yil 30-august, Markaziy Yevropa vaqti (CET) bilan 16:00:00 gacha yuborilishi kerak.
UNIDO tenderlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish uchun havoladan foydalanish lozim: https://procurement.unido.org/.
Agar taklifingizni yaratish / yuborishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, iltimos, qo'llab-quvvatlash jamoamiz bilan bog'laning.
Tel.: +43 1 260 26 4608 // e-mail: procurement@unido.org.
댓글