top of page

UEnter Raqamli startaplar haftaligining yakuniy kunida ishtirok etdi.

  • Dec 10, 2024
  • 1 min read

Kun davomida startaplar uchun ko‘rgazma va IT Park Ventures ochilish marosimi tashkil etildi, panel sessiyalari, shuningdek, umumiy fond 1 million dollar bo'lgan sovrinlar uchun startaplar o'rtasida Prezident Tech Award tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi.


Kunning muhim tadbirlaridan biri “O‘zbekiston startap ekotizimini rivojlantirish: rejalar va hamkorlik” mavzusiga bag'ishlangan sessiya bo‘lib, unga UEnter direktori o‘rinbosari Ilhomjon Aliyev moderatorlik qildi.


Raqamli startaplar haftaligi IT Park Uzbekistan tomonidan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etildi.








 
 
 
bottom of page